Mashhur futbolchi: O‘zbekiston Portugaliyaning asabini o‘ynaydi

  • 22.06.2026 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Paxtakor» klubida tarbiyalangan va keyinchalik Moskvaning «Spartak» jamoasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan sobiq futbolchisi Valeriy Kechinov ham 2026 yildgi jahon chempionatida o‘zbeklarga muxlislk qilmoqda. 

Mashhur futbolchi ham jurnalistlarga bergan intevr’yusi davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yildgi jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida o‘z  fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. 

— O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga chiqqani sizda qanday tuyg‘ular uyg‘otdi?

— Bu yerda ikki xil fikr bo‘lishi mumkin emas — bu O‘zbekiston uchun ulkan yutuq. Bu natija uchun jamoaga, murabbiylar shtabiga va butun futbol tizimiga alohida baho bersa bo‘ladi, ularning har birini e’tirof etsa arziydi.

— Hozirgi O‘zbekiston terma jamoasida yaqqol ajralib turadigan yetakchilar bormi?

— Bu jamoani bir-ikki futbolchi orqali baholab bo‘lmaydi, O‘zbekistonning kuchi avvalo jamoaviy o‘yinida. Albatta, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullaev, Abduqodir Husanov kabi yaqqol yetakchi futbolchilar bor, lekin ulardan tashqari ham maydonda o‘z so‘zini ayta oladigan iqtidorlu yigitlar yetarli.

— Portugaliya va Kongo uchun o‘zbeklar bilan o‘yinlar oson o‘tib ketmaydimi?

— Hech kimga oson bo‘lmaydi, bu jamoalar ichida Portugaliya ham istisno emas. O‘zbekiston kamida portugalialiklarning asabini ancha sinab ko‘radi, deb o‘ylayman.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yildgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha Shimoliy Amerikada, birdaniga uch mamlakat - AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilayapti. 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi uchrashuvda Kolumbiyadan 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Fabio Kannavaro shogirdlari 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Portugaliya terma jamoasiga qarshi saf tortadi. 

Guruhdagi oxirgi turda o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari jismonan baquvvat futbolchilardan tarkib topgan Kongo Demokratik Respublikasi vakillari bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuv 28 iyunga belgilangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!