“Andijanka” ayollar jamoasi darvozaboniga uy sovg‘a qilindi
Kecha Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Andijanka” ayollar futbol klubi qizlari bilan uchrashdi va suhbatlashdi.
Hokim “Andijanka” futbol klubida 10 yildan buyon faoliyat olib borayotgan, jamoaning asosiy darvozaboni Hurmatoy Kamolxo‘jaevani hovli-uy bilan taqdirladi. Oliy o‘quv muassalarida ta’lim oladigan jamoaning boshqa futbolchilariga yillik shartnoma pullari to‘lab berildi, futbolchi va murabbiylarning etti oylik oylik maoshlari va mukofot pullari to‘laligicha hisob-kitob qilindi.
Fikrlar