"Andijon" - "Mash’al" 35-o‘yin arafasida. Mezbonlar ikki yildan beri yutqazmayapti

  • 6 may, 2022, 11:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

7 may oqshomida “Andijon” jamoasi “Bobur Arena”da Muborakning “Mash’al” klubini qabul qilishidan xabaringiz bor. Bu 7-turning markaziy o‘yini.

Tecno

“Andijon” hamda “Mash’al” o‘rtasidagi o‘yinlar hamma vaqt qiziqarli tus olgan. Shu sababli tomonlarning o‘zaro uchrashuvlarida ham natijalar har xil. E’tiborlisi, shanba kungi bahs jamoalarning 35-o‘yiniga aylanadi.

prevyuytsts

Demak, klublar hozirga qadar O‘zbekiston chempionatida 34 marta to‘qnash kelishgan. Statistik raqamlar shuni ko‘rsatyaptiki, “Andijon”da 11 ta, “Mash’al”da esa 18 ta g‘alaba bor. Shuningdek, 5 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Lekin oxirgi ikki yilda “Andijon” raqibiga yutqazmayapti. Masalan, o‘tgan yili Andijonda durang, Muborakda esa uch ochko qo‘lga kiritilgan.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!