"Andijon" - "Nasaf" uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

  • 17.04.2019 22:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor ertaga Superliganing 5-turi doirasida “Andijon” o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qiladi. E’tiborlisi, “burgutlar” ushbu uchrashuvni qayta rekonstruktsiyadan chiqarilgan “Sog‘lom avlod” stadionida o‘tkazishadi.

SPORTS.uz'ga ma’lum bo‘lishicha ushbu uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Nasaf” bahsi ertaga soat 17:00da boshlanadi. Uchrashuvga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham tashrif buyuradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!