"Andijon" AGMK va "Bunyodkor" bilan o‘ynaydi

CHERY AUTO

Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi futbolchilari bugun ertalabki mashg‘ulotlardan so‘ng Toshkentga yo‘l olishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Tecno

Xabarda aytilishicha, poytaxtdagi yig‘in mobaynida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ertaga, ya’ni 4 sentyabr kuni "Andijon" jamoasi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini olib boradi.

Ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi esa 6 sentyabr kuni Toshkentning "Bunyodkor" jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvdan so‘ng futbolchilarga bir kunlik dam beriladi va jamoa futbolchilari 8 sentyabr kuni Andijon shahrida yig‘iladi va 13 sentyabr kuni Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Behzod Aliev
03/09/2019 15:54
Андижон чиройли галабалар кутамиз