"Andijon" bilan xayrlashgan futbolchi Evropaga ketyapti

  • 14.01.2024 02:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda “Andijon” klubini tark etgan o‘yinchilar haqida ma’lumot berib o‘tgandik. Klub bilan xayrlashgan o‘yinchilar orasida Saidumar Sodiqov ham bo‘lib, 22 yoshli yarim himoyachining faoliyatida yangi sahifa ochilishi katta ehtimol.

Boisi, bu futbolchiga Superliganing ayrim jamoalardan aniq takliflar kelib tushgan. Lekin unga Chernogoriyadan tushgan taklif ma’qul keldi va hozirda tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichidalar.

sodiqov1

Sodiqov faoliyatida ilk bor legionerga aylanishga juda yaqin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!