
"Andijon" bosh murabbiyi Jasur Jaloliddinov bilan nega uchrashdi?
Ayni paytda “Bunyodkor” klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan iqtidorli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov aslida Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga tegishli ekanini yaxshi bilasiz. U o‘tgan mavsum oxirlarida “Tambov”ga ijaraga berilgandi, biroq u erda birorta rasmiy uchrashuvda maydonga tushmadi. Hozirda esa bu futbolchining keyingi taqdiri qanday kechishi barchani qiziqtirayotgan bo‘lsa ajab emas.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Andijon” bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jaev Jaloliddinov bilan juda yaxshi munosabatda. Murabbiy yoshlar termasini boshqargan paytida ham Jasur jamoaning muhim futbolchilaridan biri edi. Hozirda esa uning yana boshqa klubda ijarada to‘p surishi ham kutilmoqda.
Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, “Andijon” ustozi Jaloliddinov bilan uchrashgan. Qiziq, bu uchrashuvdan maqsad nima edi? Otabek G‘ulomxo‘jaev esa ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Tez orada saytimiz orqali murabbiy bilan suhbatni o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar