"Andijon" bugun mashg‘ulotlarni boshlaydi, Doniyor Abdumannopov bilan shartnoma uzaytirildi

  • 04.01.2021 10:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun klub rahbariyati va Doniyor Abdumannopovning otasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, tomonlar shartnomani uzaytirishdi. Shunday qilib, futbolchi 2021 yilgi mavsumda ham “Andijon” sharafini himoya qiladi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

doniyor1

Eslatib o‘tamiz, Doniyor Abdumannopovga Superligadan va xorijdan ko‘plab takliflar bo‘lgandi. “Andijon” klubi esa uni yana o‘z safida saqlab qolishga erishdi.

Yana shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, “Andijon” jamoasi bugundan mashg‘ulotlarni boshlaydi. Tarkibga esa yangi o‘yinchilar qo‘shilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!