"Andijon" darvozabonining jarohi jiddiy bo‘lib chiqdi
Superliganing 28-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” - “Andijon” uchrashuvining 17-daqiqasida mehmonlarning qirg‘izistonlik darvozaboni Erjan Tokotaev oyog‘idan olgan jarohati tufayli majburiy ravishda o‘zgartirilgandi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, darvoazbonning jarohati jiddiyroq bo‘lib chiqdi.
"Jamoamiz shifokori G‘ofurjon Jo‘raev Erjan Tokotaevning jarohati haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, chap tizza bo‘g‘imining ichki payini yirtilishi bilan bog‘liq tashxis aniqlandi. Bu borada jarrohlik amaliyoti yoki davolash muolajalari ko‘zda tutilgan.
Tokotaevga tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz", - deyiladi rasmiy xabarda.



Fikrlar