
"Andijon" hujumchisi O‘zbekiston U22 terma jamoasiga chaqirildi
"Andijon" klubining o‘tgan mavsumdagi to‘purari bo‘lgan Rustam Turdimurodov yangi mavsumda ham "Burgutlar" safida yana o‘zini ko‘rsatish uchun astoydil tayyorlanmoqda.
Klub matbuot xizmati bu yil 21 yoshga to‘ladigan futbolchisini O‘zbekiston U22 terma jamoasiga chaqirilganligini e’lon qildi.
"O‘zbekiston U22 terma jamoamiz shu yilning 16-17 mart kunlari Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.
Mazkur yig‘in uchun “Andijon” jamoamizning iqtidorli hujumchisi Rustam Turdimurodov ham taklif qilinganligini ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston U22 terma jamoamiz 18-27 mart kunlari Xitoyning Yancheng shahrida xalqaro o‘rtoqlik musobaqalarida ishtirok etadi", - deyiladi, rasmiy xabarda.
Fikrlar