
"Andijon" ishqibozlar klubi a’zoligiga qabul qilish boshlandi
Ertaga, 10 fevral kuni “Andijon” ishqibozlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda klub raisi Nodirbek To‘ychiev SPORTS.uz'gaxabar berdi.
Unda yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari va muxlislik qilish kabi bir qator masalalar yuzasidan kengashib olinadi. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 2018 yilgi ishqibozlar klubiga a’zo bo‘lishni istaganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi. E’tiborlisi, fan-klub a’zolariga joriy mavsum bir qator chegirmalar qilish rejasi ishlab chiqilmoqda. Ya’ni klub yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, uchrashuv chog‘ida tartib-intizomga qat’iy amal qilgan xolda, yuqori saviyada muxlislik qilgan ishqibozlar bepul futbolka, o‘yinga kirish chiptasi hamda safar uchrashuvlariga bepul borib kelish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlariga borish uchun qulayliklar yaratiladi.
"Andijon" ishqibozlar klubiga a’zo bo‘lish istagida bo‘lganlar ertaga soat 15:00da Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadioniga kelishlari so‘raladi.
Fikrlar