
"Andijon" legioner hujumchi bilan shartnoma tuzdi
Tojikistonda yig‘in boshlagan “Andijon” klubi rossiyalik hujumchi Islam Mashukov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati rasmiy xabar tarqatdi.
Ma’lumot uchun, Mashukov 1995 yilning 22 fevral kuni Rossiyaning Nalchik shahrida tavallud topgan. Hujumchi o‘tgan yili Rossiyaning “Alaniya” va Qozog‘istonning “Elimay” klublarida to‘p surgan.
Islam faoliyati davomida TsSKA akademiyasi, “Alaniya”, SKA-“Energiya”, “Dila” (Gruziya), “Volgar”, “Orenburg”, “Ximki”, “Spartak-Nalchik” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Mashukov faoliyati mobaynida 289 ta o‘yinda maydonga tushgan va 78 ta gol urgan. 35 ta golli pas uzatgan.
Fikrlar