"Andijon" safida jiddiy yo‘qotish bor

  • 20.06.2021 00:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Andijon” klubi Superliganing 10-turida Qarshining “Nasaf” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Muhim bellashuv oldidan andijonliklar tarkibida jiddiy yo‘qotish bor.

Gap shundaki, chempionatning 9-turida “Andijon” klubi o‘z maydonida “Lokomotiv”ni (1:2) qabul qilgan. O‘sha uchrashuvning 90+4-daqiqasida jamoaning bolgariyalik himoyachisi Plamen Dimov qizil kartochka tufayli maydonni tark etgandi.

dimov

Shu sababli “Nasaf”ga qarshi o‘yinda ushbu legioner o‘yinchi “Andijon” jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu esa shundoq ham himoyada muammolari bor bo‘lgan mehmonlar uchun jiddiy yo‘qotish hisoblanadi. Dimov esa asosiy o‘yinchilardan biri edi. U “Andijon” tarkibida shu kungacha o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarni to‘liq asosiy tarkibda o‘tkazib kelayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!