
"Andijon" tarkibidagi o‘zgarishlar davom etadi: yana ikki nafar futbolchi qo‘shildi
“Andijon” futbolchilari Yorqin Nazarov boshchiligida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Kuni kecha ko‘rik uchun jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishgan darvozabon Ma’mur Ikromovga murabbiylar shtabi tomonidan javob berib yuborildi.
Uning o‘rniga o‘tgan mavsumni termizliklar safida o‘tkazgan darvozabon Asilbek Omonov kelib qo‘shildi.
O‘tgan mavsumda “Andijon” sharafini himoya qilgan Azamat Isroilov ham bugundan boshlab “Burgutlar” bilan birgalikda mashg‘ulotlarga kirishgan.
Jarohati tufayli ushbu mavsumda jamoaga yordam bera olmayotgan Mirkomil Lokaev jarohatidan butkul forig‘ bo‘lib, jamoadoshlari bilan umumiy mashg‘ulotlarga kirishdi.
Jamoa ko‘rigiga yana bir qancha tajribali va legioner futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Shuningdek, "Andijon" jamoasi kuni kecha AGMKga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar