"Andijon" ta’tilga chiqdi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik qachondan boshlanadi?

  • 1 iyul, 2023, 11:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasi 29 iyun kuni “Paxtakor”ga qarshi Superliganing 8-tur qoldirilgan uchrashuvida 1:1 hisobida durang o‘ynaganini bilasiz. Ushbu uchrashuvdan so‘ng “Burgutlar” uchun rasman birinchi davra yakuniga etdi.

Tecno

Shu sababli jamoa a’zolari qisqa muddatli ta’tilga chiqdilar. Ikkinchi davraga tayyorgarlik 9 iyuldan boshlanishini ma’lum qilamiz.

Ungacha esa “Andijon” futbol klubi tizimida faoliyat olib borayotgan murabbiylar o‘z jamoalarining birinchi davra yakunlari bo‘yicha hisobotlarini klub rahbariyatiga taqdim etadilar.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” birinchi davradan keyin 6 g‘alaba, 1 durang va 6 mag‘lubiyat qayd etib, ochkolarini 19 taga etkazib oldi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
dilshodbekqambarov405@gmail.com
01/07/2023 13:29
Ха малатси йигитлар. Оматларингни берсин. Биз андижонликлар уз урнимиз борлигини исботлайлик. ОЛГА......
Кахрамонжон Сафаров
01/07/2023 13:01
Андижон омад Водий жамоалари бу йилги чемпионатда энг юкори даражада булишларини йил бошида ёзган эдим мана яхши ниятларимизнинг ярми аъло даражада амалга ошди НЕФТЧИ хам 1-давра уйинини галаба билан тугатса аъло иш буларди
&
Bek 56
01/07/2023 12:34
Яхши дам мех,натга х,амдам.Андижон жамоаси ишарига келди тилаймен