"Andijon" Tojikistonda yig‘in o‘tkazadi

  • 2 yanvar, 2024, 21:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” “Mavsum-2024” uchun tayyorgarlikka kirishmoqda. 3 yanvar kuni jamoa a’zolari o‘z qarorgohlarida to‘planadilar.

Futbolchilar dastlab tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. 5 yanvar kuni esa yig‘in o‘tkazish uchun Tojikistonning Xo‘jand shahriga yo‘l oladilar.

Reja bo‘yicha u erda ikki hafta davomida mashg‘ulotlar olib boriladi. Asosan jismoniy yuklamalarga e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, yig‘in doirasida ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Tojikistondagi yig‘in 19 yanvarga qadar davom etadi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
03/01/2024 09:07
Яхши Ху'жанд кишда х,ам х,авоси илик, бу'лади агар муносиб рак,иблар бу'лса чет элларда катта пул сарф к,илмасдан у'зимизни Ху'жандда тайёргарлик ку'рса х,ам яхши бу'лади анча пул тежалади