
"Andijon" uchun "Turon" qulay raqibmi yoxud statistika qanday?
Ertaga vodiy derbisi doirasida “Bobur Arena”da “Andijon” hamda “Turon” klublari ishtirokidagi o‘ta muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Xo‘sh, jamoalarning o‘yindan oldingi statistikasi qanday?
Ushbu klublarning o‘zaro uchrashuvlar tarixi o‘tgan yildan boshlandi. Ayni shu kungacha “Andijon” va “Turon” ishtirokida 6 ta o‘yin o‘tkazildi. Sevimli jamoamiz 3 marta g‘alaba qozondi. “Turon” esa 2 marta yutdi va yana 1 uchrashuv durang bilan yakun topgan. To‘plar nisbati 7:6 jamoamiz foydasiga.
Oxirgi uchta o‘yindan beri “Andijon” raqibini faqat mag‘lubiyatga uchratib kelmoqda.
2021 yil. O‘zbekiston Coca-Cola Superligasi
1-davra. 13-tur.
«Andijon» – «Turon» – 1:1
Gollar: Sunnat Abdullajonov, 38 – 0:1. Pavel Zabelin, 51 – 1:1.
2-davra. 26-tur.
«Turon» – «Andijon» – 1:0
Gol: Ibrohim Otaxonov (avtogol), 50 – 1:0.
O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi.
«Turon» – «Andijon» – 1:0
Gol: Jasur Hakimov, 15 – 1:0.
Proliga-2022
1-davra. 6-tur.
«Turon» – «Andijon» – 1:2
Gollar: Shahboz Erkinov, 36-pen. – 0:1. Humoyun Murtazoev, 86 – 1:1. Ildar Mamatkazin, 90+5 - 1:2.
2-davra. 15-tur.
“Andijon” – “Turon” – 1:0
Gol: Vladimir Bubanya, 32 – 1:0.
O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi.Chorak final
“Andijon” – “Turon” – 3:2
Gollar: Shahboz Erkinov, 15 – 1:0. Shahboz Erkinov, 17 – 2:0. Goron Miloyko, 42 – 3:0. Humoyun Murtazoev, 57 – 3:1. Humoyun Murtazoev, 87 – 3:2.
Biz jamoamizga ishonamiz va 24 oktyabr kungi uchrashuvda ham “Andijon” “Turon”ga qarshi g‘alabali seriyasini davom ettirgan holda vazifani hal qiladi!
Muxlislarni esa “Bobur Arena”da kutamiz! Bu sizning jamoangiz va katta futbol bayramini o‘tkazib yubormang!!!
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar