"Andijon" xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi

  • 15 noyabr, 2024, 22:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan “Andijon” jamoasi 16 noyabr kuni “Bobur arena”da qo‘shni Qirg‘iziston premer-ligasi vakili – Oshning “Oloy” klubiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Tecno

Ma’lumot uchun, “Oloy” o‘z chempionatida 10 ta ishtirokchi orasida 25 uchrashuvda 44 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Jamoaga ayni paytda mahalliy 42 yoshli mutaxassis Aybek Tatanov bosh murabbiylik qilyapti. “Oloy” tarkibida bir qator o‘zbekistonlik futbolchilar ham to‘p surishmoqda.

“Andijon” – “Oloy” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 16 noyabr kuni “Bobur arena”da soat 15:00 da boshlanadi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!