
"Andijon" yig‘in o‘tkazish uchun Tojikistonga jo‘nab ketdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan “Andijon” jamoasi oldin xabar qilganimizdek, 3 yanvarda o‘z qarorgohida to‘plandi va rejalashtirilganidek jamoa a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Klub bazasida ikki kun davomida shug‘ullangan futbolchilar bugun ertalab Tojikistonning Xo‘jand shahriga jo‘nab ketdi.
Aleksandr Xomyakov shogirdlari u erda 5-19 yanvar kunlari mobaynida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Shuningdek, ikkita nazorat bellashuvi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, mazkur yig‘inga U-21 jamoasidan bir qator iqtidorli o‘yinchilar ham jalb qilingan. Shuningdek, mashg‘ulotlarga yana yangi o‘yinchilar ham qo‘shilishi ko‘zda tutilgan. Shartnoma imzolangach, “Andijon” matbuot xizmatining rasmiy sahifalari orqali rasman e’lon qilamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar