"Andijon" yozgi ta’tilga chiqdi. Qachondan yig‘in boshlanishi ma’lum

  • 28.05.2026 10:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

26 may kuni Qo‘qonda O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinni o‘tkazgan “Andijon” jamoamsi yozgi ta’tilga chiqdi.

Ma’lumki, 11 iyundan jahon chempionatiga start beriladi. Milliy terma jamoamiz ham mazkur mundialda ishtirok etishi sababli Superligada tanaffus yuzaga keldi. Shu sababli "Andijon" a’zolari yozgi ta’tilga chiqdilar.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “Burgutlar” birinchi davraning qolgan 4 turi hamda ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rish uchun 10 iyundan o‘z qarorgohida to‘planadi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!