“Andijon” – “Metallurg” uchrashuvining hakamlari ma’lum
21 iyun kuni Andijon shahridagi "Sog‘lom Avlod" stadionida "Metallurg" klubi mehmon bo‘ladi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi e’lon qilindi.
Bellashuvni Ravshan Abduvohidov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Zufar Eliboev va Farhod Usmonov yordam beradi. Zaxira hakami G‘ayrat Jo‘raev. Hakamlarni Igor Nexochin nazorat qiladi. O‘yinga O‘zPFL vakili Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov komissar etib tayinlangan.
"Andijon" - "Metallurg" o‘yini 19:00da start oladi.

Fikrlar