Andijonda boks bo‘yicha turnir o‘tkaziladi

  • 26.09.2020 09:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pandemiya sababli O‘zbekistonda barcha sport turlari qatori boks musobaqalari ham to‘xtatilgan edi. Uzoq tanaffusdan so‘ng, yana turnirlar qaytmoqda. Jumladan, 9-14 oktyabr kunlari Andijon shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy V.A. Zolotaryov xotira turniri bo‘lib o‘tadi.  

Mazkur musobaqada 1999, 2000, 2001 va 2002 yilda tavallud topgan charmqo‘lqop ustalari ishtirok etadi. Shuningdek, ishtirokchilar 10 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib borishini ham ta’kidlab o‘tish lozim.  

Ma’lumot uchun, turnir Andijon shahrida joylashgan sportning o‘yin turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida (tennis korti) o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!