Andijonda bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda

  • 21 dekabr, 2018, 15:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ularning samaradorligini oshirish, akademiyalar tarbiyalanuvchilaridan mahoratli futbolchilar etishib chiqishini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, bugun 21 dekabr kuni Andijon shahrida akademiyalarning sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda tahlilchilari uchun o‘quv-seminari boshlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur o‘quv-seminarining birinchi kunida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalarida o‘quv-mashg‘ulotlar sifatini oshirilishida innovatsion texnologiyalarning tutgan o‘rni hamda har bir akademiya tarbiyalanuvchilarining mashg‘ulotlardagi ko‘rsatkichlarini doimiy monitoring qilib borish masalalari muhokama qilindi. Bu borada seminar ishtirokchilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!