
"Andijon"da bosh murabbiy o‘zgarishi mumkin. Yangi nomzodlar orasida Davron Fayziev ham bor
Xabaringiz bor, yaqinda “Andijon” klubida rahbariyat o‘zgardi. Shundan so‘ng ko‘pchilikni bosh murabbiy masalasi qiziqtira boshladi. Negaki, oxirgi paytlarda Viktor Kumikovning iste’foga chiqishi borasidagi xabarlar tarqalmoqda.
Bu bejiz emas ko‘rinadi. Boisi, “Andijon” klubi bosh murabbiylikka yangi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, andijonliklar “Qo‘qon-1912”da murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Davron Fayzievga taklif bilan chiqishgan. Bu xabarni uning o‘zi ham tasdiqladi. Tez orada andijonliklar bosh murabbiy masalasida bir to‘xtamga keladilar.
Tez orada Davron Fayziev bilan uyushtirilgan suhbatni saytimizda o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar