
Andijonda professional K-1 janglari tashkil etiladi
31 mart kuni Andijon viloyatining Poytug‘ shaharchasida K-1 bo‘yicha professional jang kechasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang oqshomi yangi Kenjayev_professional_legue tomonidan tashkil etilmoqda.
Ushbu kechadan bir qator qiziqarli o‘tishi kutilayotgan janglar o‘rin olgan. Quyida, bir qator juftliklarni e’tiboringizga havola etamiz.
86 kg
Saydullo Ne’matov- Farog‘iddin Turdiboev
67 kg
Jamshidbek Ahmadjonov-Azizbek Qahramonboev
81 kg
Oyatullo Ne’matov- Faxriyor Sotqinov
60 kg
Azamat Qodirov-Muhriddin Sayfullaev
65 kg
Adhamjon Abdumo‘minov-Karimjon Rahimov
70 kg
No‘monov- Ikashev
57 kg
Farrux Odiljonov-Jamshid Tohirjonov
60 kg
Farzonbek Qabuljonov- Abdulloh Alisherov
62 kg
Husanboy Odilov- Sanjar Sayfiddinov
Kenjayev_professional_legue promoushenining mutasaddilarini ta’kidlashicha ilk turnirida asosan yurtimizdagi iqtidorli sportchilarga e’tibor qaratilgan. Navbatdagi jang kechalarida esa, xorijdan yuqori saviyadagi jangchilarni ham taklif etish ko‘zda tutilgan. Asosiy maqsadlardan biri ushbu liga orqali yurtimizdagi mahorat egalarini topish va tarbiyalash barobarida ularni xorijning nufuzli promoushenlari bilan shartnoma imzolashi uchun tramplin vazifasini bajarishdan iborat.
Bizni kuzatishda davom eting, aynan ushbu turnir natijalari bilan bevosita bizning saytimizda tanishishingiz mumkin.
Fikrlar