"Andijon"da yana yangi murabbiy ish boshladi
Mavsumni qoniqarsiz o‘tkazayotgan "Andijon" klubi turnir jadvalida oxirgi o‘rinda borayotganidan xabardorsiz.
Yaqinda bosh murabbiylikka Viktor Kumikov qaytarildi. Ammo uning boshchiligida klub hali g‘alaba qozongani yo‘q. Ikkita durang va bir mag‘lubiyat qayd etdilar. Ma’lum bo‘lishicha, Kumikovning yordamchilari yana bittaga ko‘paygan. Bu borada klub matbuot xizmati shunday xabar qiladi:
“Andijon” jamoasi murabbiylar shtabiga klubning sobiq futbolchisi, andijonlik Anvar Abduqodirov kelib qo‘shildi.

U futbolchilik faoliyatini 1999 yilda “Andijon” jamoasida boshlagan va 2003 yilga qadar to‘p surgan.
2004 yildan 2007 yilgacha Farg‘onaning “Neftchi” jamoasida faoliyat olib borgan. So‘ngra 3 yil mobaynida “Mash’al”, “Qizilqum” va “Sho‘rtan” klublarida ham o‘ynagan. 2011-2012 yili “Xorazm” jamoasida va 2013 yilda “Guliston”da to‘p surib, futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan".

Fikrlar