
Andijonlik futbolchi Rossiyadan qaytib keldi
Muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Ildar Mamatkazin 2020 yilgi mavsumda hech bir jamoada ko‘rinish bergani yo‘q. Yodingizda bo‘lsa, Mamatkazin o‘z vaqtida “Andijon”, “Paxtakor”, “Dinamo”, “Nasaf” singari klublarda to‘p surgan.
Biz uni futboldan biroz uzoqlashdi deb o‘ylagandik. Ammo keyin bilsak aslida bunday emas ekan. Andijonlik 33 yoshli futbolchi buning sababini sports.uz saytiga quyidagicha tushuntirdi:
- O‘tgan yili boshida faoliyatimni chetda davom ettirmoqchi edim. Biroq pandemiya sababli o‘xshamadi. Oqibatda o‘zimizda transfer oynasi yopilib qoldi va jamoasiz qolib ketdim. Natijada 20 iyun kuni shaxsiy ishlarim tufayli Ufaga yo‘l oldim. Keyin yo‘llar yana berkilib, vaqtida qayta olmadim. Lekin Rossiyaning ikkinchi ligasidagi bir biznesmenning jamoasida o‘ynab turdim va bu orqali o‘yin amaliyotimni ushlab turibman. Bu yilgi rejamga kelsak, taklif bo‘lsa, albatta ko‘rib chiqaman va faoliyatimni davom ettirmoqchiman, - dedi futbolchi.
Fikrlar