"Andijon"ni yaxshi va ajoyib muxlislarga ega klub deb eshitganman" - TsSKAdan taklif qilingan Luka Zgurskiy bilan intervyu

  • 23 fevral, 2024, 23:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” safiga yangi qo‘shilgan futbolchilar orasida TsSKA klubi tarbiyalanuvchisi, iste’dodli hujumchi Luka Zgurskiy ham borligini bilasiz.

Rossiyalik futbolchi faoliyatida yangi sahifa ochildi va “Andijon”da nimalarga qodirligini ko‘rsatmoqchi. Shu bilan birga u yangi sarguzashtlarga ham tayyorlanmoqda. Luka, "Andijon" matbuot xizmatiga ilk intervyusini berdi

- Luka, siz endi rasman “Andijon” a’zosisiz. Yangi klubda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- O‘zimni bu erda a’lo darajada his qilyapman. “Andijon”dek klubda o‘ynashdan xursandman.

- Oldin “Andijon” haqida nimalarni eshitgansiz?

- Aytishim mumkinki, “Andijon” jamoasini yaxshi va ajoyib muxlislarga ega klub deb eshitganman.

luka

- Luka, ayting-chi, TsSKA klubidagi faoliyatingiz qanday kechdi?

- TsSKAda turli xil yaxshi va buning aksi o‘laroq yoqimsiz damlar ham bo‘lgan. Har qanday holatda ham shu darajaga etishimda mazkur jamoaning hissasi katta ekanligini ta’kidlab o‘tmasam bo‘lmaydi.

- “Andijon”ga ko‘chib o‘tishingizda TsSKA va umuman u erdagilarning munosabati qanday bo‘ldi?

- Muxlislar va o‘yinchilarning munosabati turlicha bo‘ldi. Lekin ko‘pchilik bu tanlovimni qo‘llab-quvvatladi.

- Siz hujumchisiz. Tabiiyki, muxlislar sizdan ko‘p narsa kutishadi. O‘tgan yili Rubin Xebay eng yaxshi to‘purar bo‘lgandi. Uning o‘rnini egallashga tayyormisiz?

- Iloji boricha tezroq o‘zimga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Shu bilan birga to‘purar bo‘lishga va fursati kelganida himoyadagi sheriklarimga ham yordamlashishga harakat qilaman.

luka6_1

- Adashmasam, siz ilgari ham O‘zbekistonga kelgansiz-a?

- Ha, oldin Rossiya U21 tarkibida O‘zbekistonda -  Buxoro shahrida bo‘lib, ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushganman.

- Siz va Maksim Sarraf TsSKAdan “Andijon”ga qo‘shilganinglardan so‘ng “Sport Ekspress” nashri men bilan aloqaga chiqdi va bu transferlarga qiziqishdi. Rossiyalik jurnalistlar ham bu masalada sizlar bilan bog‘lanishgandir...

- Ha, rossiyalik jurnalistlar bu o‘tishim qanday amalga oshgani bilan qiziqishdi.

- Asosiy maqsadingiz nima?

- Maqsad – “Andijon” tarkibida iloji boricha ko‘proq sovrin va unvonlarga ega bo‘lish. Albatta, jamoa uchun foydasi tegadigan futbolchi bo‘lishga va ko‘proq gollar urishga, to‘purarlar poygasiga kirishga harakat qilaman.

luka5_1

- Qaysi raqamni tanladingiz?

- O‘zimga 51-raqamni oldim.

- “Andijon” jamoasiga moslashuv jarayoni qanday kechyapti?

- Moslashish jarayoni zo‘r o‘tmoqda va buning uchun o‘yinchilarga, klub rahbariyati va xodimlariga minnatdorlik bildiraman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!