
"Andijon"ning "Esxata"ga qarshi o‘yinida kuchlar teng keldi
“Andijon” Tojikistonda tayyorgarlik jarayonidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini oldin xabar berganimizdek,“Esxata”ga qarshi o‘tkazdi.
Xo‘jand shahridagi “Spartak” stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvga muxlislar tomonidan ham qiziqish borligini payqash qiyin emasdi. Negaki, stadionda ishqibozlar bisyor edi.
Bahs davomida tashabbusga erishgan “Andijon” bo‘lim yakunida hisobni ochdi. Bu vaziyatda iste’dodli futbolchi Ilhom Abdug‘aniev jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajardi – 0:1.
Ikkinchi bo‘limda har ikkala jamoa tarkibida qator o‘zgarishlar yuz berdi. 76-daqiqa o‘tib borayotganida mezbonlar safida ko‘rikda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik futbolchi Akobir To‘raev hisobni tenglashtirdi – 1:1.
“Andijon”da yana bir qator golli imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo yakunda 1:1 hisobi o‘zgarmasdan qoldi.
“Esxata” – “Andijon” – 1:1 (0:1).
14 iyun. Xo‘jand. “Spartak” stadioni. 1000 tomoshabin.
Hakamlar: Xurshid Dedaboev, Munirxon Ashurov, Nasimjon Mansurov.
“Esxata”: Vladislav Shevchenko, Olim Karimov, Roman Xibaba, Oybek Abdug‘afforov, Sohib Hakimov, Hasan Nurmatov, Ibrohim Eshonxonov, Shahzod Ma’murjonov, Dilshod Karimov, Mubin Mo‘minov, Baxtiyor Zaripov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mo‘min Gadoyboev, Bohir Sangiboev, Abdusamad Samadov, Jahongir Jo‘raev, Akobir To‘raev.
“Andijon”: Igor Litovka, Dilshod Komilov, Abdurahmon Komilov, Ildar Mamatkazin, Ilhom Alijonov, Ilhom Abdug‘aniev, Levan Arveladze, Sardor Azimov, Nodari Kavtaradze, Bobur Farhodov, Rubin Xebay.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Mamatkazin, Farhod Sohibjonov, Muhammadkarim Toirov, Abdulatif Oybekov, Sardor Abdunabiev, Abduvohid G‘ulomov, Izzat Abdulhaqov, Suhrob Berdiev, Asilbek Aysarov, Farhod Bekmurotov.
Gollar: Ilhom Abdug‘aniev, 45+2 – 0:1. Akobir To‘raev, 76 – 1:1.
Ogohlantirishlar: Dilshod Karimov, 28, Olim Karimov, 31 – Dilshod Komilov, 40. Islom Mamatkazin, 49.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar