
"Andijon"ning Turkiyadagi yig‘ini yakunlandi. Jamoaning keyingi rejasi qanday?
“Mavsum-2024”ga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Andijon” Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in tashkil qildi. 24 yanvar - 14 fevral kunlari mobaynida “Burgutlar” shu erda shug‘ullanishdi va bir qator nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdilar.
“Andijon”ning 21 kunlik yig‘ini nihoyasiga etdi va bugun jamoa a’zolari Antaliyadan yurtimizga qaytadi. Qishki tayyorgarlikning oxirgi uchinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi. Futbolchilar Turkiyadan qaytishgach, biroz dam oladilar va 18 fevral kuni Toshkentda to‘planadilar.
“Andijon”ning Turkiyadagi nazorat o‘yinlari natijalari
27 yanvar. “Andijon” – Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi – 0:0
1 fevral. “Andijon” – TsSKA (Rossiya) – 0:2
4 fevral. “Andijon” – “Selimbar” (Ruminiya) – 0:0
4 fevral. “Andijon” – “Saburtalo” (Gruziya) – 1:2
Gol: Farhod Bekmuratov
9 fevral. “Andijon” – “Belusha” (Slovakiya) – 1:1
Gol: Levan Arveladze
12 fevral. “Andijon” – “Korvinul Xundeora” (Ruminiya) – 0:5
12 fevral. “Andijon” – “Kanvon” (Janubiy Koreya) – 1:1
Gol: Islom Mamatkazin
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar