Andrea Pirlo "Yuventus" klubi murabbiyiga aylanishi kutilmoqda

  • 12 mart, 2020, 17:37
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" klubining sobiq futbolchisi Andrea Pirlo jamoa murabbiyiga aylanadi. Bu haqda "La Stampa" nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Pirlo "Yuventus" klubining yoshlar jamoasi boshqaruvini qo‘lga oladi.

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli futbolchi turinliklardan tashqari "Inter" va "Milan" sharafini ham himoya qilgan. Uning Italiyadagi oxirgi jamoasi "Yuventus" bo‘lgani uchun shu klubga qaytishi kutilmoqda. Yarim himoyachi futbolchilik faoliyatini 2017 yil "Nyu-York Siti"da yakunlagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!