Andrey Arshavin Rossiyaning OFKga o‘tishiga qarshi

  • 19 noyabr, 2022, 19:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z vaqtida "Arsenal"dagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan futbolchi Andrey Arshavin Rossiyaning OFKga qo‘shilishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Rossiya terma jamoasi OFKga o‘tishi kerakmi? Men u erga borishga shoshilmagan bo‘lardim. 

Bu haqda o‘ylashga hali juda erta. UEFAda qolganimiz ma’qul. Xalqaro turnirlarga qaytishni kutishimiz kerak. Boshqa yo‘lni to‘g‘ri, deb hisoblamagan bo‘lardim", - dedi taniqli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya ikki kun oldin Tojikiston bilan nursiz durang qayd etgan - 0:0. Ertaga esa rossiyaliklar hamyurtlarimizga qarshi saf tortadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!