Andrey Kanchelskis - o‘zbek va xorij futbolidagi o‘zgarishlar, Superligani o‘tkazish bo‘yicha taklif, kuchli beshlikning davom etishi nimaga bog‘liqligi, ligalarda g‘olibni kay tarzda aniqlash borasida

  • 20 may, 2020, 14:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval karantindan keyingi futbol borasida sport jurnalistlari va sharhlovchilarning fikr-mulohazalarini taqdim etgandik. Endi esa murabbiylarning qarashlari va taxminlarini havola qilamiz.

Tecno

Vadim Abramov: Chempionatni dekabrgacha cho‘zish mumkin-ku, qishgacha o‘ynasak bo‘ladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi hamda Superligada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar karantindan keyingi o‘zbek va xorij futboli, undagi o‘zgarishlar, Superligani qanday o‘tkazish bo‘yicha taklif, Evropada chempionatlarning davom etishi nimaga bog‘liqligi, ligalarda chempionni kay tarzda aniqlash xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi. Bu gal “Navbahor” klubi bosh marubbiyi Andrey Kanchelskisning fikrlarini taqdim etamiz.

Karantindan keyin ham futbolga ruxsat berilishi aniq emas... Kerak bo‘lsa, futboldan voz kechiladi... "Navbahor" Namanganda o‘ynashi shart emas...

kanch

Xayrulla Hamidov FIFA qaroridan nega norozi?

- Agar o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkaziladigan bo‘lsa, qanday tasavvur qilishim mumkin? Albatta, bahslarni tomoshabinlarsiz o‘tkazish oson kechmaydi. Bunday uchrashuvlarda futbolchilarda ishtiyoqni uyg‘otish qiyin. Ammo nailoj, koronavirus pandemiyasi sababli ular shunday holatda to‘p tepishga majbur. Asosiysi, insonlar salomatligi.

Futboldagi asosiy o‘zgarish, bu o‘yinlarning muxlislarsiz o‘tkazilishidir. Shu xolos.

Superligani o‘tkazish bo‘yicha taklif. Agar koronavirus pandemiyasi kuchayib ketmasa, odatiy usulda, ya’ni turlarni uy-safar tizimida o‘tkazish kerak. Mabodo virus kuchaysa, klublarni 2-3 ta shaharga yig‘ib, birinchi davrani tezroq yakunlash uchun bir haftada ikkitadan o‘yin tashkil etish mumkin. Futbolchilik paytimda Angliyada qisqa vaqt ichida maydonga tushaverardik. Futbolchilar bunga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Muxlislarsiz bo‘lsa-da, birinchi davrani tezroq yakunlash lozim.

Evropada ligalarning davom ettirishda birinchi navbatda g‘oliblarni aniqlashga e’tibor qaratiladi. Pul ikkinchi darajali. To‘g‘ri, karantin davrida “ko‘hna qit’a”dagi ko‘plab klublar gonorarsiz qoldi. Shunga qaramay, barcha ligalarda sovrindorlarni aniqlash asosiy maqsad hisoblanadi. Shuning uchun ular o‘yinlarni o‘tkazishmoqda.

Davron Fayziev - Chempionatlarni davom ettirish tarafdoriligi, APL rahbarlarining qo‘rquvi va Superliga qachon boshlanishi haqida

4191555854720

“Sport” telekanali sharhlovchisi Murod Rizaev futboldagi mavjud qoidadan norozi, uni bekor qilish tarafdori

Barcha mamlakatlarning ichki chempionatlari yakunlanishi kerak. Mubosaqalar kelgan joyida tugatilsa, e’tirozlar paydo bo‘ladi. G‘oliblar va boshqa o‘rinlarni o‘yinlar orqali bilib olish darkor. Ayrim davlatlarda chempionatlar oxiriga etmazilmadi. Bunda ba’zi klublar norozilik bildiradi va shunday ham bo‘lmoqda.

Bu holat Superligamizga ham taalluqli. Ichki birinchilikni davom ettirib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etgan yaxshi. Bu eng to‘g‘ri yo‘l, - dedi Andrey Kanchelskis.

Karantindan keyingi Superliga qanday bo‘lishi, o‘zgarishlar, taklif va O‘zbekiston MTJga plyus bo‘ladigan jihat borasida – Bobur Akmalov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!