Andrey Kanchelskis borasida rasmiy xabar
Xabaringiz bor, "Navbahor" jamoasi so‘nggi 4 ta tur bahsida durang natijani qayd etgandi. “Lochinlar” o‘z maydonida “Metallurg” (0:0) va “Andijon” (1:1) klublariga qarshi kechgan o‘yinlarda durangga imzo chekish bilan birga, Olmaliqda AGMK (1:1) bilan bo‘lgan uchrashuvda hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborib, tayyor g‘alabani qo‘ldan boy berishgandi. Bu esa joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan jamoaga yarashmas, shuningdek, klub rahbariyatini ham qoniqtirmasdi, albatta.
Natijada bugun “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis hamda yordamchi murabbiy Aleksey Belenkov iste’foga chiqarilishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Lochinlar”ga kim bosh murabbiy bo‘lishi hozircha noma’lum.



Fikrlar