
Andrey Kanchelskis Jaloliddinov jamoasini tanqid qildi
Rossiya terma jamoasi va MYu sobiq futbolchisi, "Navbahor" klubi bosh murabbiyi sifatida ish olib borgan Andrey Kanchelskis RPLdagi ishtikori so‘roq ostida turgan "Tambov" klubi haqida fikr bildirdi.
"Spartak"ning g‘alabasini taxmin qilish qiyin emasdi. Ular uchrashuvda favorit edi. "Tambov" esa, muammolar girdobida. Futbol federatsiyamiz qaerga qarayotgani, bunday jamoalarga RPLda ishtirok etishga qanday qilib ruxsat bergani juda g‘alati. Bu kabi jamoalar mavsum yarmida shikoyat qilishi aniq.
Pulingiz bo‘lsa, o‘ynang. Bo‘lmasa, yo‘q! Bu qanday munosabat? Futbolchilarning oilasi, bolalari bor. Klub egalari shu haqida o‘ylaydimi o‘zi? Vaziyatni normallashtirish shart. Agar shu holat davom etaversa, ligadagi jamoalar sonini qisqartiring. Har yili shu holat takrorlanadi. Jamoalar Premer-ligaga chiqqanda, moliyaviy holatni ham hisobga olish kerak. Bu beparvo munosabat.
Futbolchilar oilasini boqishi kerak. Ular ham och. Rossiya futboli mutasaddilari bunday jamoalarni jazolashi lozim. Keyin biz darajamiz haqida bong urishimiz mumkin",-deya Kanchelskis so‘zlarini "Rusfootball" keltirmoqda.
Fikrlar
вот прикол