Andrey Kanchelskis: "Nasaf"dagi sharoitlarga qoyil qolish kerak

  • 12 aprel, 2019, 22:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. "Nasaf" ajoyib, yosh iste’dodlarga to‘la jamoa. Bu jamoaning kelajagi porloq ekanligiga shubha yo‘q. Quvonarlisi, "Nasaf" futbol o‘ynashni yoqtiradigan jamoa. O‘ylashimcha, biz haqli ravishda g‘alaba qozondik. Chunki bizda o‘yin davomida ko‘plab vaziyatlar yuzaga keldi.

Tecno

Tan olish kerak, raqib yaxshi taassurot qoldirdi. "Nasaf"dagi sharoitlarga qoyil qolish kerak. Futbol uchun barcha narsa shay. Ajoyib o‘yingoh, sifatli maydon va zo‘r muxlislar. Bugungi futbol atmosferasi uchun barchaga rahmat. Bunday maydonda futbol o‘ynash juda yoqimli. Ochig‘i, muhitni va maydonni ko‘rib futbol o‘ynagim keldi. Afsuski hozirgi holatim futbol o‘ynashga yaramaydi (kuladi).

Jamoamizning o‘yinga yondashuvi menga yoqdi. Omad biz tarafda bo‘ldi, gol urdik. Ikkinchi bo‘limda ham gol urish uchun vaziyatlar yuzaga keltirdik.  "Navbahor"da ajoyib kollektiv bor. Bugungi o‘yin uchun futbolchilarga tasanno. Jamoamiz kelgusi o‘yinlarda ham shunday ruhda ishlashda, futbol o‘ynashda va kurashishda davom etadi.

Namangandan kelgan muxlislarga alohida rahmat. To‘g‘ri, ular bugun kamchilikni tashkil qildi. Lekin muhimi ular biz bilan birga bo‘lishdi.

"Nasaf"ni o‘yindan avval chuqur tahlil qilib, diqqat bilan o‘rgangandik. Ularga bo‘sh hudud qoldirmadik. Aynan shu jihat ham muhim rol o‘ynadi. "Nasaf"ning qanotlarini yopishga erishdik. Chunki aynan qanot futbolchilarining tezligi va faolligi evaziga raqib anchayin xavfli jamoaga aylanadi. Shuningdek, bugun maydon markazini boy bermadik. "Bunyodkor" bilan bahsda aynan shu taraflama yutqazgandik. O‘yindagi tartib evaziga qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritdik.
- Kasyanning jarohati haqida ayni paytda aniq bir narsa deya olmayman. Hammasi ertaga ma’lum bo‘ladi. Agarda uni ko‘p muddatga yo‘qotadigan bo‘lsak, unda bu katta yo‘qotishga aylanadi.

To‘g‘ri, Slavko Lukich bugun majburan markaziy himoyada o‘ynadi. Umid qilamizki, tez orada "Nasaf" uchun juda ko‘p ish qilgan Igor Golban safimizga qaytadi. Lukichning bugungi o‘yini va maydondagi majburiyatlarini a’lo darajada bajarganidan ko‘nglim to‘ldi. Nafaqat Lukich, balki barcha bugun o‘z ishini a’lo bajardi.

"Nasaf" haqida iliq fiklar bildirishim mumkin. Yuqorida aytganimdek ajoyib jamoa. Bilishimcha, ayni paytda jamoa oldida moliyaviy muammolar yuzaga kelgan. Bugun omad bizga kelib boqdi. Kelgusi uchrashuvlarda "Nasaf"ga omad tilayman", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!