
Andrey Miklyaev: Finalda imkoniyatlar teng
O‘zbekiston kubogi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev ishtirok etdi.
- Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun birgina vaziyat yaratib gol urdik. Balki ko‘proqdir. Ammo asosiysi imkoniyatdan samarali foydalandik. G‘alaba qozonganimizdan juda ham xursandman.
Hali finalga 3 kun bor. Ungacha yaxshi tayyorlanamiz. Finalga keladigan bo‘lsak unda imkoniyatlar teng, - deydi “Loko” murabbiyi.
Fikrlar