
Andrey Miklyaev: Sanjar Shoahmedov Qatardagi faoliyatida o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek
Oliy liga 24-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Navbahor” bahsidan so‘ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
- Uchrashuvda ko‘plab imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardik. Umuman olganda, oldimizga qo‘yilgan vazifani uddaladik. Marat Bikmaev ham maydonga tushdi va gol urdi. Albatta, birinchi taymning dastlabki 15 daqiqasi qiyin o‘tdi. Chunki ular yaxshi himoyalanishdi. O‘yin oxirida hisob yirik ko‘rinish olishi ham mumkin edi. Ammo yuqorida aytib o‘tganimdek, birinchi va ikkin taymlarda ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Muhimi 3 ochkoni ishlab oldik.
Kone ikki kun oldin Burkina Faso terma jamoasidan qaytib keldi. Uning ahvoli qaydarajadaligini bilmaymiz. Shuning uchun uni bu bahsga tushirmadik.
Sanjar Shoahmedov Qatardan qaytib kelganda, bellashuvlarga tayyor emasdek edi. Qatardagi faoliyatida biroz o‘zini yo‘qotib qo‘ygandir. U biz bilan birga mashg‘ulotlarda ishlamoqda. Ammo bizda kuchli raqobat mavjud. Shuning uchun Shoahmedov asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashishi kerak. Bundan buyog‘iga oddiy o‘yinlar bo‘lmaydi...
Bir necha kun oldin “Nasaf” bilan o‘ynadik. Ular ayni paytda eng kuchli jamoa hisoblanadi. tarkibda bir necha o‘zgarishlar bo‘lsada, yaxshi shakllangan klub. Qolaversa, murabbiy ham ancha yllardan beri Qarshida faoliyat olib bormoqda. Jamoa strukturasi ham juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, ko‘rkam stadion va ajoyib muxlislari bor, - deydi Miklyaev.
Fikrlar