Andrey Shipilov: Olmaliqliklarni g‘alaba bilan tabriklayman
Pepsi Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Metallurg" hamda AGMK (0:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Bekobod klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Uchrashuv birinchi golga qadar davom etdi. Shamol bizning darvozamizga tomon esayotgan paytda kichik e’tiborsizlik oqibatida gol o‘tkazib yubordik va yutqazdik.
Olmaliqliklarni haqqoniy yutuq bilan tabriklayman. Endi keyingi o‘yinlarga tayyorlanamiz. Bu uchrashuvda yo‘l qo‘yilgan xatolarimizni tahlil etamiz va bartaraf etish chorasini ko‘ramiz", - dedi Andrey Sergeevich.

Fikrlar