Angliya grandi Mbappe uchun PSJ orzu qilgan uch yulduzni taklif qildi

  • 31 iyul, 2023, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli eng mashg‘ur yulduzlarni transfer qilishga ishqiboz hisoblanishi sir emas. Amerikalik biznesmen PSJ va Kilian Mbappe atrofida vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Tecno

Express nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” mutasaddilari Mbappening transferiga jamoaning uch nafar yulduzini qo‘shib bermoqchi.

Qizig‘i shundaki, taklif qilinayotgan futbolchilarga PSJ bir necha yildan beri qiziqib kelayotgan edi.

Demak, PSJ Mbappeni “Chelsi”ga jo‘natsa, o‘zi orzu qilgan uch fubolchiga ega bo‘ladi.

Birinchi nomzod Romelu Lukaku. Parijliklarga markaziy hujumchi kerak. Belgiyalik forvardga Maurisio Pochettino asosiy tarkibdan joy bermasligini ta’kidlagan. Demak, bu futbolchi va PSJ uchun yangi variant.

Ikkinchi nomzod Rahim Sterling. O‘z davrida Angliyaning eng qimmat futbolchisi bo‘lgan Sterling katta tajriba egasi hisoblandi. Uning mahorati parijliklarning Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga xizmat qilishi mumkin.

Uchinchi nomzod Hakim Ziesh. PSJ bu futbolchini yanvar oyida qo‘lga kiritishga juda yaqin kelgandi. “Chelsi” vakillari transfer hujjatlarida xatoga yo‘l qo‘ygani bois bu transfer amalga oshmay qolgandi.

Todd Byoli PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy bilan do‘stona aloqaga ega ekanini inobatga olgan mutaxassislar bu transferni amalga oshirish imkoni borligini ta’kidlamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!