Angliya klubi dahshatli avariyaga uchragan yulduzi ahvoli haqida ma’lumot berdi

  • 9 dekabr, 2024, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vest Xem”ning mashhur hujumchisi Maykl Antonio o‘zining qimmatbaho mashinasida avtohalokatga uchrab, qutqaruv xizmatlari yordamida qutqarib olingani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

Klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa orqali o‘yinchining hozirgi ahvoli haqida ma’lumot chiqardi.

- “Vest Xem Yunayted” Maykl Antonioning avariya oqibatida suyaklari singani tufayli operatsiya qilinganini tasdiqlaydi, - deb yozdi klub matbuot xizmati.

Bundan tashqari, klub shifokorlari hujumchining ahvolini doimiy nazorat qilib boradi va muxlislarni bu jarayondagi muhim o‘zgarishlardan xabardor qilib turadi.

“Vest Xem” o‘z bayonotida qutqaruv xizmatlari va tibbiyot xodimlariga  Antonioning jonini saqlab qolishda ko‘rsatgan xizmati uchun  rasman minnatdorlik bildirgan.

34 yoshli yamaykalik futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 14 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini bir bor ishg‘ol qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!