Angliya klublari “Nyukasl”ga qaqshatqich zarba bermoqchi

  • 13.11.2021 21:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” birdan boyib ketdi va klubning yangi xo‘jayinlari jamoani eng zo‘r futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi.

“Nyukasl”ning saudiyaliklarga sotilgani Angliya klublariga ma’qul kelmadi. Ular transfer bozoridagi narxlar va o‘yinchilarning maoshi keskin oshib ketishidan xavotirda. Shu bois premer-liga jamoalari “Nyukasl”ga birlashib, kutilmagan zarba berishga kelishib oldi.

Unga ko‘ra, Angliya klublari “Nyukasl”ga o‘z futbolchilarini sotmaydigan bo‘lyapti. Agar shu kelishuv mustahkam bo‘lsa, “qarg‘alar” faqat boshqa chempionatlardagi o‘yinchilarni olishiga to‘g‘ri keladi. Biroq, boshqa mamlakatlarda zo‘r o‘ynayotgan charm to‘p ustalari Angliya futboliga moslaga olmagan vaziyatlar tarixda ko‘p kuzatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!