Angliya kubogi. "Arsenal" safarda yirik hisobda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
Angliya kubogining 1/32 final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvda "Arsenal" safarda "Portsmut" jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu bahsda "kanonirlar" safida Gabriyel Martinelli xet-trik qayd etdi. Yana bir gol esa mezbonlar futbolchisi Dozzell tomonidan o‘z darvozasiga kiritildi. "Portsmut" jamoasining yagona javob goliga esa Bishop uchrashuvning 3-daqiqasida mualliflik qildi.
Shu tariqa, Mikel Arteta shogirdlari Angliya kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Fikrlar