Angliya kubogi. "Brayton" "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yubordi
Angliya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Brayton" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Elliot hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib, Dank muvozanatni tikladi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Mitoma gol urib, Klopp jamoasini musobaqadan chiqarib yubordi.

Fikrlar