
Angliya kubogi. Chempionship klubi MYu ortidan "Tottenxem"ni ham musobaqadan chiqarib yubordi
Angliya kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Midlsbro" - "Tottenxem" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida London klubini mag‘lub etdi.
O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. 107-daqiqada Josh Kobern jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, "shporlar" o‘z yurishini nimchorak finaldayoq to‘xtatdi, Kris Uaylder shogidlari esa turnirning chorak finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar