
Angliya kubogi. Finalchilar nomi ma’lum
Angliya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Kristal Pelas" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda nominal mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
"Aristokratlar"ning gollariga Loftus-Chik va Maunt mualliflik qildi. "Burgutlar"ga gol urish nasib etmadi.
Shu tariqa, Tuxel shogirdlari Angliya kubogi finaliga yo‘l oldi. Londonliklar finalda "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar