
Angliya Kubogi hakamlari yangi tizimdan foydalanishadi
Angliya kubogining 1/8 finalida hakamlar ixtiyorida yangi tizim paydo bo‘ladi. Bu haqda "ESPN" nashri xabar bermoqda
Qariyb bir yil oldin Premer-liga klublari ofsaydni aniqlashning yarim avtomatik tizimini joriy etishni ma’qullagan edi. Bu texnologiya "o‘yindan tashqari" holatni ancha tezroq qayd etish imkonini beradi. Bunda esv VAR tizimining yordami kerak bo‘lmaydi.
APL o‘yinlarida mazkur tizimni joriy etish bir necha bor kechiktirilgan - sinovlar va tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Yarim avtomatik ofsayd aniqlash tizimi Angliya kubogining 1/8 final uchrashuvlarida qo‘llaniladi.
Shubhasiz, bu Premer-ligada tizimni joriy etish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ladi. Angliya kubogining 1/8 final o‘yinlari 1 va 2 mart kunlari o‘tkaziladi. Bir necha kun oldin qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Fikrlar