Angliya kubogi. "Manchester Siti" yirik hisobda g‘alaba qozondi
Angliya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Fulxem" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda "shaharliklar" 4:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Siti" safida Gyundogan va Stounz o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Riyad Mahrez esa dubl muallifiga aylandi. "Fulxem" tarkibida Karvalyu gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Gvardiola shogirdlari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar