
Angliya kubogi. "Siti" osonlik bilan g‘alaba qozondi, De Bryuyne qaytishini assist bilan nishonladi
Angliya kubogi 3-raundidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Xaddersfild" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Shaharliklar" safida gollarga Foden, Alvares, Jekson (avtogol) va Doku mualliflik qildi. Mehmonlar mazkur o‘yinni golsiz yakunladi.
Qolaversa, avgust oyida jarohat olib, safdan chiqqan Kevin De Bryuyne mazkur o‘yinda maydonga tushirildi. U 74-daqiqada Jeremi Dokuning goliga assistentlik qildi.
Shu tariqa, Xosep Gvardiola shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Fikrlar