
Angliya kubogi. "Tottenxem" quyi divizion jamoasini ortiqcha qiynab o‘tirmadi
Bugun shuningdek Angliya kubogi 4-raundining javob bahsidan o‘rin olgan “Tottenxem” hamda “Nyuport” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi.
“Uembli”da kechgan bahs kutilganidek maydon egalarining ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi – 2:0. Shu tariqa “shporlar” kubokning navbatdagi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
“Tottenxem” – “Nyuport” 2:0 (2:0, 0:0)
7 fevral «Uembli»
Gollar: 1:0 – 26, avtogol Batler, 2:0 – 34 Lamela.
“Tottenxem” – Vorm, Alderveyreld, Rouz (Uoker-Piters, 86), Ore, Foyt, Sissoko, Uinks, Vanyama (Alli, 78), Lamela, Son Xyn Min (Eriksen, 61), Lorente.
“Nyuport” – Dey, Bennett, Demetriu, Uayt (O'Brayen, 77), Tozer (Dolan, 59), Lebedi, Payp (Makkulski, 67), Uillmott, Batler, Nubl, Eymond.
Ogohlantirishlar: Vanyama (8).
Fikrlar